"Real" "Liverpul" markaziy himoyachisini tekinga qo'lga kiritmoqchi

Mirjalol Normatov
11 sen 2025
"Real"dagilar 2026 yil yozida Ibraima Konateni tekinga qo'lga kiritishiga ishonmoqda.

"Daily Mail" nashrining yozishicha, "Real"dagilar Trent Aleksandr-Arnoldning transferidagi kabi xotirjam. 2024 yil qishida ispan matbuotining turli nashrlari Trentning "Real"ga o'tishi aniq bo'lib ulgurgan deb yozgandi.

O'z navbatida 26 yoshli himoyachi kelasi yil yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish borasida o'z qarorini "Liverpul"ga ma'lum qilmagan.

Konate 2021 yil yozida "Liverpul"ga o'tgandi. Shu vaqtdan buyon u jamoa tarkibida 136 o'yinda 5 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail