"Real" Kuboni "Sosedad"ga sotadi. Madrid klubi xavbekning keyingi sotuvidan 50% oladi

Alisher
17 iyul 2022
"Real" xavbeki Takefusa Kubo "Sosedad"ga o'tishga yaqin.

Shu bilan birga, Madrid klubi 21 yoshli Yaponiya terma jamoasi o'yinchisining keyingi sotuvidan 50%ni o'ziniki qiladi.

Shuningdek, "Real"da 5 yil davomida Kuboni qayta xarid qilish huquqi bo'ladi.

Yarim himoyachi so'nggi uch yilni ijara asosida "Malorka" (ikki bor), "Xetafe" va "Vilyarreal"da o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv