"Real" Koutinoni 200 mln. evroga xarid qilishi mumkin edi, ammo...

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2018
"Real" Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutinoni xarid qilmoqchi bo'lgan ekan.

Ma'lumotlarga ko'ra, madridliklar agent orqali Koutinoga xabar jo'natishgan. Xabarda "Qirollik klubi" yarim himoyachi uchun 200 mln. evro to'lashga tayyorligi aytilgan.

Ammo Koutino bu yangilikdan xursand bo'lmagan, chunki u faoliyatini faqat "Barselona"da davom ettirishni istayotgan edi.

Koutino va Neymar bolalikda birga intervyu berishgan va unda "Real"ga muxlislik qilishlarini aytishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo