"Real" klublar o'rtasidagi JCH uchun qaydnomani e'lon qildi

Mirjalol Normatov
7 dek 2018
Santyago Solari boshchiligidagi "Real" rahbariyati klublar o'rtasidagi JCH uchun qaydnomani aniqlab oldi.

12-22 dekabr kunlari BAA davlatida bo'lib o'tadigan bahslarga "Real"ning 23 futbolchisi boradi.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Keylor Navas, Kiko Kasilya;

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Alvaro Odriosola, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Serxio Regilon;

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Markos Lorente, Toni Kroos, Luka Modrich, Isko, Marko Asensio, Dani Sebalos, Federiko Valverde;

Hujumchilar: Karim Benzema, Garet Beyl, Vinisius Junior, Lukas Vaskes, Mariano Dias.

"Real" musobaqani 1/2 finaldan boshlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports