"Real" ketma-ket 12 yil davomida transferlarsiz milliard ishlab topgan dunyoning birinchi klubiga aylandi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2025
"Real" yangi moliyaviy rekordlarni o'rnatdi: klub yana bir bor milliard evrodan ortiq daromad oldi.

"El Espanol" nashrining xabar berishicha, "Real" yana bir bor iqtisodiy modelining noyob barqarorligi va kuchini namoyish etdi. Klub ketma-ket o'n ikkinchi yil futbolchilar savdosidan tashqari bir milliard evrodan ortiq daromad oldi - dunyodagi hech bir klubda takrorlanmagan yutuq.

"Real"ning moliyaviy ko'rsatkichlari hali ham etalon bo'lib qolmoqda:

Sof foyda: 598 million evro

Likvidlik: 166 million evro

Sof qarz: atigi 12 million evro

Madrid klubi deyarli qarzsiz va uning moliyaviy holati mutaxassislar tomonidan benuqson deb hisoblanadi. "Real" dunyodagi eng barqaror va daromadli sport loyihalaridan biri sifatida o'z maqomini ishonchli tarzda saqlab kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Espanol