"Real" Karvaxalga ishonadi va yozda uning poziciyasiga yangi futbolchi izlamaydi

Aziz Tukhtamuradov
25 fev 2022, 09:29
"Real" himoyachi Daniel Karvaxalning o'yinlaridan mamnun.

Marca nashri xabariga ko'ra, klub yozda o'ng qanot himoyasiga boshqa futbolchi izlamaydi. Chunki, 30 yoshli futbolchiga to'liq ishonch bildirilmoqda. 

Karvaxalning shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Ushbu mavsumda u La Ligada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca