Real Ispaniya kubogidan chetlatildi

Narzulla Saydullayev
4 dek 2015, 21:21
Ispaniya futbol Federatsiyasi Real klubini Ispaniya kubogidan chetlatdi.

Federatsiya Kadis klubi tomonidan yuborilgan rasmiy arznomadan so'ng shunday qarorga keldi. Andalusiya klubi davosi qondirildi.

Kadisga qarshi o'yinda (3:1) Madrid klubi safida Denis Cherishev maydonga tushib gol urgandi. U o'tgan mavsum Vilyarreal safida o'ynaganida diskvalifikaciyaga uchragandi va Ispaniya kubogi doirasidagi bitta o'yinni o'tkazib yuborishi kerak edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com