"Real" Igor Gomesni xarid qilishi mumkin

Madridning "Real" klubi "San-Paulu" yarim himoyachisi Igor Gomesga qiziqib qoldi.

"Kakaning takomillashgan varianti" deb takidlanayotgan 21 yoshli futbolchi faoliyatini "qirollik klubi"da davom ettirishi mumkin.

Gomesning tovon puli 50 million evroni tashkil qiladi.

"Taqqoslash har doim ham yaxshi emas. Bu unga bosim o'tkazadi. Ammo tan olish kerak, u mening o'yin uslubimni yodga soladi", – dedi Kaka yosh hamyurti haqida.

Ma'lumot uchun, Igor Gomes Braziliya chempionatining o'tgan mavsumida 27 uchrashuv o'tkazib, 2tadan gol va samarali uzatmaga mualliflik qilgan edi.


Manba: AS