"Real" Gvardiola haqidagi so'zlari sabab futbolchidan voz kechdi

Alisher
24 mar 2024, 17:30
"Jirona" qanot himoyachisi Yan Kouto "Real"ning yozdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

"Qaymoqranglilar" braziliyalik futbolchi uchun kurashmoqchi edilar, ammo o'yinchining Xosep Gvardiola qo'l ostida o'ynash xohishi "Real"ning rejalarini o'zgartirdi. Klub prezidenti Florentino Peresga Koutoning so'zlari yoqmadi va rahbar Yanning xarididan voz kechishga qaror qildi.

Himoyachining to'laqonli shartnomasi "Manchester Siti"ga tegishli. Kouto joriy mavsum so'nggida Angliya klubiga qaytadi.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes