"Real" Germaniya terma jamoasining asosiy forvardiga qiziqmoqda

"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner qishki transferlar oynasi vaqtida "Real"ga o'tishi mumkin.

AS nashrining ma'lumotiga ko'ra, madrikliklar 22 yoshli Vernerni noma'lum muddatga safdan chiqqan Karim Benzemaning o'rniga nomzod sifatida ko'rishmoqda.  

Shuningdek, AS jurnalistlari Timo Vernerni ehtimoliy transferi hususida so'rashganida, bunga javoban klub vakillari bu haqda to'xtalib o'tishni xohlashmadi va Timoning "Leyptsig" uchun ko'plab gollar urishiga umid qilishlarini takidlashdi.

Avvalroq, Verner uchun "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirishayotgandi. "Leyptsig" asosiy o'yinchisi uchun 60 million evro talab qilmoqda.

Ushbu mavsumda Verner Bundesliganing 17 uchrashuvida maydonga tushib, 11 marta raqib darvozasini ishg'ol etdi va jamoadoshlariga 2 marotaba golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.


Manba: AS