"Real" futbolchisi tez orada faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi

Alisher Ostonov
18 may 2025
Daniel Karvaxal sportdagi faoliyatini yakunlash arafasida ekanligini tan oldi.

Madridning "Real" klubi himoyachisi bu vaziyatga real qarayotganini ta'kidladi.

"Men uzoq yo'lni bosib o'tdim. Faoliyatimni yakunlash arafasidaman. Bu haqda gapirish og'ir, ammo vaziyatga real qarash kerak", - dedi Karvaxal.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.



Alisher OstonovMuallif
Manba: OK Mobility