"Real" Ferlan Mendining tanishtiruv marosimini o'tkazish sanasi ma'lum

Ertaga, 19 iyun kuni madridliklar yana bir futbolchining taqdimot marosimini o'tkazadi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lumot berdi. Endigi navbat fransiyalik qanot himoyachi Ferlan Mendi bo'ladi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

24 yoshli futbolchi bir necha kun avval "Lion"dan 48 million evroga o'tgandi. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 79 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 tagol urib, 7 marotaba golli uzatmani amalga oshirdi. 


Manba: realmadrid.com