"Real" "Fenerbaxche"ning 19 yoshli futbolchisi uchun 20 mln. evro bermoqchi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2018, 12:38
"Fenerbaxche" markaziy yarim himoyachisi Elif Elmaz PSJ, "Tottenxem", "Roma", "Real" va Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqishlari doirasida.

"Qirollik klubi" Makedoniya terma jamoasining 19 yoshli futbolchisi uchun 20 mln. evro to'lashga tayyor. Bu pulning 5 mlni transfer amalga oshganida, qolgani Elmaz "Real" safida debyut qilganida to'lab beriladi.

Xavbekning "Fenerbaxche" bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Bitimdagi tovon puli - 23 mln. evro.

Joriy mavsum Elmaz Turkiya chempionatining 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Skopje24