"Real" ertaga braziliyalik futbolchining transferini e'lon qiladi

Alisher
18 yanv 2020
"Real" "Flamengo" yarim himoyachisi Reynerning transferini yakunladi.

17 yoshli braziliyalik futbolchi bitimning so'nggi masalalarini hali qilish uchun Madridda bo'lib turibdi.

Reyner bu uchun Braziliya olimpiya terma jamoasi yig'inini tark etdi va juma kuni termaga qaytadi.

"Real" Reynerning transferini ertaga e'lon qiladi. Aynan 19 yanvar kuni futbolchi 18 yoshni qarshilaydi.

Madrid klubi Reyner uchun 30 million evro to'laydi va u bilan 6,5 yillik shartnoma imzolaydi.


AlisherMuallif
Manba: AS