"Real" endi yangi samolyotda uchadi

Aslanov Jasurbek
17 mar 2017
Emirates aviakompaniyasi Madridning "Real" klubiga samolyot sovg'a qildi.

Bu haqda "Real" va "Emirates"ning rasmiy saytlari e'lon qildi. Endi "Qirollik klubi" BAA aviakompaniyasi sovg'a qilgan A380 samolyotida parvoz qiladi.

Ushbu havo kemasini ustiga "Real" futbolchilari Marselo, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos va Garet Beyllarning surati tushirilgan edi. Samolyotni ushbu futbolchilar kutib oldi.







Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia