"Real" – YCHL 2022/23 pley-offida qatnashadigan yagona ispan jamoasi bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2022
Ispaniyaning faqatgina bir jamoasi Chempionlar ligasi pley-offida o'ynaydi.

5-turdan so'ng "Real" keyingi bosqich masalasini hal qildi. Madridliklar hisobida ayni paytda 10 ochko bor. 

"Barselona", "Sevilya" va "Atletiko" pley-off bosqichiga chiqa olmadi. "Barsa" va "Sevilya" o'z guruhida 3-o'rinni olib, Yevropa ligasida ishtirok etadigan bo'ldi. "Atletiko"ning keyingi taqdiriga esa 6-turda oydinlik kiritiladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia