"Real" direktori: "Bizni Chempionlar Ligasida oltita shiddatli o'yin kutmoqda. Taqvim juda murakkab"

Madridning "Real" klubi direktori Emilio Butrageno "Inter", "Shaxtyor" va "Borussiya M"ga qarshi o'tadigan YCHL guruh bosqichi doirasidagi uchrashuvlar haqida fikr bildirdi.

"6 o'yin ham juda hayojonli va shiddatli bo'ladi. Turli uslubdagi 3 raqibga duch keldik.

"Shaxtyor" – Yevropa Ligasining yarim finalida o'ynagan hujumkor jamoa. "Inter" so'nggi mavsumlarda ancha kuchaydi, shuning uchun juda xavfli. "Borussiya" – yaxshi tempda o'ynayotgan nemis klubi.

Bu turnirda har qanday xato siz uchun oxirgisi bo'lishi mumkin. Bizni murakkab taqvim kutyapti, tarkibda jamoaning muvaffaqiyatiga hissa qo'shadigan va har bir uchrashuvda yuqori darajadagi o'yinni ushlab turishimizga yordam beradigan ko'plab futbolchilar bo'lishi lozim", – deydi Butrageno.


Manba: www.realmadrid.com