"Real" Bissumaning transferini ko'rib chiqmoqda. "Brayton" xavbekni 35-40 mln evroga baholamoqda

Alisher
21 dek 2020
"Brayton" yarim himoyachisi Iv Bissuma "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Madrid klubi skautlari malilik 24 yoshli xavbek borasida ijobiy xulosalarga kelishdi.

Bissuma "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanga yoqmoqda. U Pol Pogba (MYU) va Eduardo Kamavinga ("Renn")ning transferidan arzonroqqa tushadi.

Bissuma uchun "Brayton" 35-40 million evro so'ramoqda. Futbolchiga shuningdek "Arsenal" va "Liverpul" klublari ham qiziqmoqda.

Bissuma joriy mavsum APL doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: defensacentral.com