"Real" "Bayer"ning 40 mln. evrolik futbolchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 okt 2024
"Real" yozda Jeremi Frimpongni xarid qilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi "Bayer" o'ng qanot himoyachisi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. Nemis klubi ham bu qiziqishdan xabardor.

Frimpong "Bayer"ni qishda tark etmoqchi emas. 23 yoshli himoyachining nemis klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi, bitimdagi tovon puli 40 mln. evro.

Frimpong joriy mavsum Bundesliganing 6ta o'yinida 1ta gol urib, 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal