"Real" "Bavariya" yulduzini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Madridliklarning bu borada ikki raqibi bor

Alisher Ostonov
21 dek 2025
"Bavariya" vingeri Maykl Olisega "Real”, "Manchester Siti" va "Liverpul” klublari qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Kristian Falk ma'lum qildi.

Futbolchini qo'lga kiritish qiyin bo'lishi kutilmoqda, chunki Olisening "Bavariya" bilan 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor.

Ushbu mavsumda vinger Myunxen grandi safida 24 ta o'yinda maydonga tushgan. Ularda futbolchi o'z hisobiga "gol+pas" tizimi bo'yicha "9+14" hisobiga yozib qo'ydi. Transfermarkt portali Maykl Olisening narxini 130 mln evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/cfbayern