"Real" - "Atletiko". Taxminiy tarkiblar

Aslanov Jasurbek
15 avg 2018
Bugun, 16 avgustga o'tar kechasi "Real" hamda "Atletiko" o'rtasida UEFA Superkubogi uchun uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Real" ushbu uchrashuvda Chempionlar ligasi, "Atletiko" esa Yevropa ligasi g'olibi sifatida ishtirok etadi. UEFA rasmiy sayti ushbu bahs uchun taxminiy tarkiblarni e'lon qildi.

"Real": Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Kasemiro, Kroos, Isko, Beyl, Benzema, Asensio.

"Atletiko": Oblak, Xuanfran, Godin, Ximenes, Filipe Luis, Koke, Saul, Rodrigo, Lemar, Grizmann, Diego Kosta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA