"Real" "Atletiko" sobiq hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
23 mar 2020
"Vulverxempton" forvardi Raul Ximenes Madrid klubining bosh transfer maqsadlaridan biridir.

28 yoshli meksikalik futbolchi yozda Angliya Premer-ligasini Ispaniya Premerosiga almashtirishi mumkin.

Xabar qilinishicha, Ximenes bir yil avval "Ayntraxt"dan 60 million evro evaziga xarid qilingan, ammo "Santyago Bernabeu"da o'zini ko'rsata olmayotgan Luka Yovichning o'rnini egallashi kerak.

Eslatib o'tamiz, Ximenes oldin ham Madridda o'ynagan. Aynan Diego Simeoneni uni Meksikadan Yevropaga olib kelgan. U "Atletiko" tarkibida 2014/15 yilgi mavsum 28ta o'yin o'tkazgan.


AlisherMuallif
Manba: Don Balon