"Real" asosiy yulduzlaridan biri jarohat oldi, bunday mushak er yuzidagi 10% odamlarda yo'q

Aslanov Jasurbek
24 avg 2024, 12:17
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem 10% odamlarda mavjud bo'lmagan mushaklarini jarohatlab oldi.

21 yoshli angliyalik "Valyadolid"ga qarshi kechadigan LaLiganing 2-tur bahsiga tayyorgarlik vaqtida jarohat oldi.

Unga o'ng oyog'ining plantar mushaklari jarohati tashxisi qo'yilgan. Tiklanishga 3-4 hafta vaqt ketadi.

E'tiborlisi, plantaris mushaklari vestigial hisoblanadi. Bu juda nozik mushak bo'lib, o'rtacha 10% odamlarda umuman yo'q.

Bir qator olimlarning fikricha, evolyuciya jarayonida bu mushak hech qanday vazifa bajarmay qo'ygan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca