Real - Arsenal uchrashuvini o'tgan yilning eng yaxshi hakami boshqarib boradi

Khoja
15 apr 2025
Real Madrid- Arsenal o'rtasidagi ECHL chorak final javob uchrashuvida ishlaydigan hakamlar ma'lum.

Madriddagi uchrashuvni 2024 yilning eng yaxshi hakami Fransua Letekse boshqarib boradi. Fransiyalik hakamga qanotlarda hamyurtlari - Mehdi Rahmoni va Siril Mugne yordam beradi.

Fransua Letekse bundan avval Real Madridning to'rtta uchrashuvida hakamlik qilgan bo'lsa, Arsenal uchun debyut bahsi bo'ladi.

 Eslatib o'tamiz, Real va Arsenal o'rtasidagi javob uchrashuv 16 aprelga belgilangan. Jamoalarning ilk uchrashuvida London klubi 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Ma'lumot uchun, Fransua IFFHS tomonidan 2024 yilning eng yaxshi hakami deb topilgandi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru