"Real" "Arsenal" bilan uchrashuv uchun delegaciya tayyorlamoqda

Alisher Ostonov
26 iyul 2025
"Real" Uilyam Salibadan voz kechmayapti.

"Qaymoqranglilar" fransiyalik himoyachi borasida "Arsenal" bilan muzokara o'tkazish uchun delegaciya tayyorlamoqda.

23 yoshli markaziy himoyachi aprel oyida "Santyago Bernabeu"da "Arsenal"ning "Real"ga qarshi o'yinida yorqin taassurot qoldirgandi. Bazi ma'lumotlarga ko'ra, aynan shu o'yini tufayli u "Real"ning xohlayotgan futbolchilari ro'yxatida birinchi o'rinni egallagan.

Salibaning "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan bo'lsa-da, bu ispan klubini to'xtata olmaydi. Klub Salibani himoyachilarning keyingi avlodini boshqarishi mumkin bo'lgan asosiy figura deb hisoblamoqda va ular "Arsenal" hamda futbolchi bilan rasmiy muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda.



Alisher OstonovMuallif
Manba: Cadena SER