Rayt: "Liverpul" uchun Salohning ketishi Koutinonikidan sezilarliroq bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
21 mar 2018
"Arsenal" sobiq futbolchisi Ian Rayt Muhammad Salohning "Liverpul"dan ketishi borasidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Premer-ligaga o'tib, ko'p gol urishni boshlagan har bir futbolchi ko'pchilikning e'tiborida bo'ladi. Avvaliga Saloh "Liverpul" o'yiniga bunday ta’sir ko'rsatadi deb o'ylamagandim, ammo hozir hammaning nazari unda.

Agar Saloh kelasi mavsum ham shunday gol urishda davom etsa, uni ovlashga urinib qolishadi. "Qizillar"ni xafa qilish niyatim yo'q, biroq misrlikning maqsadi "Liverpul"da o'ynash emas. Agar "Real" uni xarid qilmoqchi bo'lsa, futbolchi buni hisobga oladi. Salohni yo'qotish Koutinoning ketishidan sezilarli bo'ladi" - deydi Rayt.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports