Rayan Giggz: "Jeyms - sen kiyim almashtirish xonasida ko'rishni xohlaydigan futbolchi"

20 avg 2019, 21:50
Uels milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz hamyurti va MYUning yangi a'zosi Deniel Jeyms haqida gapirdi.

"Sulsher mendan u haqida so'radi va bu savolga men Jeyms katta salohiyatga ega futbolchiligini aytib javob berdim. U juda tezkor va sen kiyim almashtirish xonasida ko'rishni xohlaydigan yigit. Unga maslahat berish juda oson, negaki u iqtidor. 

Deniel dastlab har kimni tezkorlik bilan ortda qoldiradi. U oxirgi pallalarda tezlik qo'sha oladi. O'tgan yili uning "Suonsi"dagi o'yinlarini kuzatdim va Jeyms Chempionshipda to'p tepayotgan deyarli har bir himoyachini yorib o'tdi", - deydi Giggz.


21 yoshli uelslik yarim himoyachi APLning 2 ta o'yinida 1 ta gol urdi. 


Manba: premierleague.com