Ravshan Haydarov va Odil Ahmedov Prezident tomonidan faxriy unvon bilan mukofotlandi

Eldor Akmurzayev
27 avg 2020
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan fan, talim, adabiyot, madaniyat, sanat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e'lon qilindi.

Yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo'lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun mukofotlanganlar orasida O'zbekiston U-23 termasi hamda "Surxon" ustozi Ravshan Haydarov va O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedov ham bor.

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni:

Haydarov Ravshan Akmalovich - futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyi

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni:

Ahmedov Odil Alimjonovich - futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати