Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston OTJ bugun “Metallurg”ga qarshi nazorat o'yini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
8 avg 2018
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda Osiyo o'yinlariga so'nggi tayyorgarlikni olib borayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Futbolchilar Toshkent temiryo'llari muhandislik instituti maydonida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishyapti.

Bugun olimpiyachilarimiz “Metallurg” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishadi. O'yin soat 18:00da boshlanadi.

Bugungi nazorat o'yinidan keyin Osiyo o'yinlarida qatnashadigan terma jamoaning yakuniy tarkibi aniqlanadi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa a'zolari ertaga kechqurun soat 21:00da Indoneziyaga yo'l olishadi.  

Osiyo o'yinlarining futbol bo'yicha musobaqasiga 14 avgust kuni start beriladi. Terma jamoamizning Osiyo o'yinlaridagi taqvimi:

14 avgust
 
1-tur:

O'zbekiston – Bangladesh
Jakarta. Pakansari stadioni
Boshlanish vaqt
i: 14:00
 
16 avgust
2-tur:
Qatar – O'zbekiston
Jakarta. Pakansari stadioni
Boshlanish vaqti:
17:00
 
19 avgust
3-tur:
Tailand – O'zbekiston
Jakarta. Pakansari stadioni
Boshlanish vaqti:
17:00
 
Izoh:
O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz