Ravshan Ermatovni taqdirlash marosimidan fotogalereya

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2014, 18:44
25 iyul kuni Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 2014 yilgi jahon chempionati bahslarida hakamlik qilgan FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA referisi assistenti Abduhamidillo Rasulovlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.
Taqdirlash marosimida Ravshan Ermatovga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoniga muvofiq El-yurt hurmati ordeni berildi.

Shuningdek, Marosim davomida Ravshan Ermatov va Abduhamidullo Rasulovga Prezident sovg'alari – mos ravishda Malibu va Orlando avtomobillari sovg'a qilindi. Shuningdek Ravshan Ermatovga O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan O'zbekiston Futbol Federatsiyasi faxriy esdalik nishoni topshirilgan.

Quyida FIFA referisi Ravshan ermatov va FIFA laynsmeni Abduhamidillo Rasulovlarni taqdirlash marosimidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.


 

 

Suratlar muallifi Hasan Pirmuhamedov (O'FF matbuot xizmati).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com