Ravshan Ermatov: "Yuqori savatchalardan Yaponiya, Koreya va Avstraliya tushmasligini xohlagandim, yakunda ham shunday bo'lib chiqdi"

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2024
O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov sal oldin yakuniga etgan Jahon chempionati-2026 saralashining 3-bosqichi qur'a natijalari haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qur'a omadli keldi. Bosh murabbiy Srechko Katanets takidlaganidek, ko'p safarlarga chiqmaymiz. Tasavvur qiling, Avstraliyaga uchib borsak, ko'p yo'lda yuramiz, 1 kun vaqt ketadi. Keyin ortga qaytish bor, bu futbolchilarga qiyinchilik tug'diradi, vaqt tafovutiga ko'nikish kerak bo'ladi. 2015 yilda bu ancha sezilgan va qaysidir manoda ta’sir qilgandi. Shu tomonlama o'zimizga yaqin bo'lgan Qirg'iz Respublikasi, Eron, Qatar kabi mamlakatlarga borish yaxshi bo'ldi, ammo hamma jamoani hurmat qilishimizna alohida takidlagan bo'lardim. Yuqori savatchalardan Yaponiya, Koreya va Avstraliya tushmasligini xohlagandim, yakunda ham shunaqa bo'lib chiqdi. Qur'a haqiqatan omadli keldi", – dedi Ermatov.

Avvalroq O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets uzoq safarlarga chiqmasligidan xursandligini va milliy terma jamoa JCHga chiqishiga ishonishini aytib o'tgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia