Ravshan Ermatov: "Srechko Katanets AQSH va Meksika bilan o'yinlarda terma jamoani o'zi boshqaradi"

Narzulla Saydullayev
9 sen 2023, 12:38
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda AQSH terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Kecha bosh murabbiy Srechko Katanets pasportidagi muammolar tufayli Istanbul aeroportida qo'shimcha tekshiruv uchun ushlab qolingani haqida xabar bergandik. Bu vaziyatga oydinlik kiritish uchun O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bilan bog'landik:

"O'FA Katanetsning viza bilan bog'liq muammosini operativ tarzda hal qildi. Ayni paytda murabbiy samolyotda AQSH tomon uchmoqda. Tez orada Sent Luis shahriga yetib boradi. Nasib qilsa, AQSH va Meksika bilan o'yinlarda O'zbekiston milliy terma jamoasini Srechko Katanetsning o'zi maydonga boshlab tushadi", - dedi Ermatov championat.asia saytiga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia