Ravshan Ermatov "Seul" - "Shandong Luneng" uchrashuvida ishlaydi

Tolibjon Qosimov
18 avg 2016, 16:51
Keyingi hafta OCHL chorak finali dastlabki o'yinlari bo'lib o'tadi.

Janubiy Koreyaning "Seul" hamda Xitoyning "Shandong Luneng" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni FIFA hakami, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Aziz Asimov zaxira hakami bo'ladi.


OCHL-2016. Chorak final. Dastlabki o'yin

24 avgust 2016. Seul. "Seul Uorld Kap" stadioni

"Seul" (Janubiy Koreya) - "Shandong Luneng" (Xitoy)
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Aziz Asimov (O'zbekiston)
Komissar: Abdul G'affor Abdul Hamid (Maldiv orollari)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia