Xitoy. Fellayni 7 daqiqada xet-trikka erishib, jamoasiga irodali g'alaba keltirdi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020
Xitoy chempionatining ilk turida "Shandon Lunen" jamoasi "Dalyan Pro" maydoniga safar uyushtirdi.

Ushbu uchrashuvda Maruan Fellayni 7 daqiqa ichida xet-trik qayd etib, jamoasiga Rafa Benites boshqaruvidagi "Dalyan Pro" ustidan muhim g'alabani taqdim qildi.

"Dalyan Pro" - "Shandon Lunen" 2:3

Gollar: Solomon Rondon (57, 1:0), Maruan Fellayni (79, 1:1), Maruan Fellayni (83, 1:2), Maruan Fellayni (86, 1:3), Markus Danielson (90+3, 2:3).

"Dalyan Pro" - Jang Chong, Markus Danielson, Tong Ley, Dong Yangfeng, Marek Gamshik, Jeng Long (Xu Yungpeng, 58), Sun Guoven, Lin Liangming (Sun Bo, 88), Vu Vey (Chuy Mingan, 88), Solomon Rondon, Sem Larsson (Vang Jinsian, 81).

"Shandon Lunen" - Xan Rongze, Jeng Jeng, Song Long, Vang Tong (Lui Yang, 74), Liu Junshau, Maruan Fellayni, Xao Junmin (Jang Chi, 63), Moizes, Jin Jingtao, Vu Xingjan (Guo Tingyao, 53), Duan Liuyu (Liu Binbin, 53).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia