Ravshan Ermatov JCH-2022 saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimida ishtirok etadi

17 iyul kuni, yani ertaga Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo qitasi uchun JCH-2022 saralashiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Marosim Kuala-Lumpur shahridagi OFK shtab-kvartirasida o'tkaziladi. Unda Osiyo qitasining 40ta terma jamoasi jami 8ta guruhga ajratiladi.

Qur'a jarayonida jamoalar beshta savatchaga ajratiladi. Savatchalar iyun oyidagi FIFA reytingiga qarab ajratilgan. O'zbekiston terma jamoasi qur'ada ikkinchi savatchadan joy oladi.

1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy.

2-savatcha: Iroq, O'ZBEKISTON, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya.

3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin.

4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv orollari, Kuvayt, Malayziya.

5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, Shri-Lanka.

Mazkur qur'a tashlash marosimiga ishtirok etish uchun O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegaciya ham bugun Kuala-Lumpurga yetib bordi. Ayni paytda Kuala-Lumpurda bo'lib turgan O'FA rahbariyati qur'a tashlash marosimidan tashqari, OFK rasmiylari va qator masalalar bo'yicha uchrashuvlar o'tkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, saralashning navbatdagi bosqichi joriy yilning 5 sentyabr kuni start oladi va kelasi yilning 9 iyuniga qadar davom etadi. Har bir guruhdan 1-o'rinni egallagan jamoa (8ta) va eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan to'rtta (4ta) ikkinchi o'rin sohibi keyingi bosqichga yo'l oladi.

Izohlarda O'zbekiston terma jamoasi o'rin oladigan guruhda kimlar tushishi mumkinligi borasida o'z variantingizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Voqealar rivojini saytimizda kuzatib boring.


Manba: championat.asia