Ravshan Ermatov bugun to'rtinchi bor O'zbekiston kubogi finalida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2013, 15:47
Yana bir necha daqiqalardan so'ng O'zbekiston kubogi final uchrashuvii bo'lib o'tadi.
Hisob bo'yicha 21-finalda Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar ishlashadi. Oldingi uchta finalda ham aynan Ermatov bosh hakam vazifasini bajargandi. Bugungi o'yin bilan Osiyoning to'rt karra eng yaxshi hakami finalni boshqarish bo'yicha rekordchilarga tenglashib oladi.

Bungacha Gali Imomov va Noil Lutfullin to'rt martadan finalda ishlashgan.

Quyida O'zbekiston kubogi finallarida ishlagan barcha hakamlar bilan tanishib oling:

4 marta
Gali Imomov
Noil Lutfullin

3 marta
Ravshan Ermatov

2 marta
Marat Ismoilov
Rustam Saidov

1 marta
Dilshod Osimov
Rashid Aytekov
Sardor Najafaliev
Dmitriy Roman
G'ayrat Karimov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia