Ravshan Bozorov: "Yigitlarga iroda uchun rahmat aytaman"

Narzulla Saydullayev
19 avg 2016, 21:54
"Navbahor" - "Mashal" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar menejeri Ravshan Bozorov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin yaxshi bo'ldi. Biz ham, raqib ham g'alaba qozonishi mumkin edi. Hisob 0:1 bo'lib turgan vaqtda shogirdlarim iroda ko'rsatib ikkita gol urishdi. Yigitlarga rahmat, muxlislarga rahmat.

"Navbahor" bugun kurash va harakatchanlik evaziga g'olib bo'ldi. Jabborov bugun ukollar yordamida maydonga tushdi. Uning tajribasiga tayanib maydonga tushirdik.

Dordji Sangadjiev debyut qildi, shunchaki birinchi o'yini bo'lgani uchun o'zini ko'rsata olmadi. U bundan ham yaxshiroq o'ynay oladi", - deydi Bozorov.


"Navbahor" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia