Ravanelli: "Lukaku ruhiy jihatdan zaif. APL - uning ligasi emas"

Alisher
25 fev 2022
"Yuventus" sobiq hujumchisi Fabricio Ravanelli "Chelsi" forvardi Romelu Lukaku haqida gapirdi.

"Lukaku ruhiy jihatdan zaif. APL uning ligasi emas deb o'ylayman. Lukaku bosimdan aziyat chekmoqda. Biz bungacha bu narsani Romeluni "Manchester Yunayted"da tanqid qilishganda ko'rgandik. "Chelsi"da ham shunday bo'ldi", - deydi Ravanelli.

28 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsum 28ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Uning London klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato