Raul Garsiya - La Ligada XXI asrda 100ta gol urgan gol urgan ilk xavbek

Alisher
26 yanv 2021
"Atletik" yarim himoyachisi Raul Garsiya Ispaniya chempionati doirasidagi "Xetafe" (5:1)ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

34 yoshli ispaniyalik futbolchi La Ligada XXI asrda 100ta gol urgan ilk xavbek bo'ldi.

Garsiyaning hisobida "Atletik"da 54ta, "Atletiko"da 26ta va "Osasuna" tarkibida 20ta gol bor.

Futbolchi joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Opta