

"Bunyodkor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hamda ushbu jamoada 7 mavsumni o'tkazgan va 2022 yildan e'tiboran erkin agentga aylangan iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Xurshid G'iyosov AGMK futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Xurshid G'iyosov bir muddat "Obod" va Janubiy Koreyaning "Anyang" klublarida ham faoliyat yuritgan. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 153 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasiga 37ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Endilikda AGMK ahil oilasining a'zosiga aylangan Xurshid G'iyosovga faoliyatidagi yangi chaqiruv omadli va muvaffaqiyatli bo'lishini tilab, Olmaliqqa xush kelibsan, Xurshid deya iqtidor sohibini jamoamizga iliq qabul qilamiz",- deya xabar bermoqda AGMK matbuot xizmati.
Xurshid G'iyosov haqida qisqacha ma'lumot: futbolchi 1995 yil, 13 aprel kuni tavallud topgan. Sevimli raqami - 10.
Eshitdik-da! Xurshid G'iyosov AGMKga o'tmoqda




