Rasmiy xabar: Totti yozda futbolchilik faoliyatini tugatadi

Narzulla Saydullayev
3 may 2017, 17:47
Roma yangi sport direktori Monchi klub afsonasi Franchesko Totti yozda faoliyatini tugatishini ma'lum qildi.

Totti bu mavsum tugagach futbolchilik faoliyatini tugatadi.

Shundan so'ng u klubda direktor lavozimida ish boshlaydi. Franchesko va Roma bilan hamkorlikni davom ettiradi.

U biladigan narsalarning bir foizini bo'lsa ham bilishni istayman, – deydi Monchi.

Totti 25 mavsumdan buyon Roma safida o'ynab kelmoqda. U klub safida jami 783ta o'yin o'tkazib, 307ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football-italia.net