Rasmiy xabar: “Spartak” Gus Tilni Bundesliga klubiga ijaraga berdi

Eldor Akmurzayev
3 sen 2020, 21:40
Bu haqda moskvaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoa yarim himoyachisi 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida “Frayburg”da o'tkazadi. Hammasi yaxshi kechsa bu muddat yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Gus Til 2019 yil AZdan 16 mln evro evaziga “Spartak”ga o'tgandi. U joriy mavsum RPLda 3 o'yin (0 – asosiy tarkib) o'tkazdi va maydonda atigi 12 daqiqa harakat qildi. 22 yoshli niderlandiyalikning “qiziq-oqlar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com