Rasmiy xabar: Shohboz Umarov BATE bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2020
"Energetik-BGU" safida o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi Shohboz Umarov faoliyatini BATEda davom ettiradi.

Muzokaralar deyarli yakunlanib qolgani haqda kecha saytimizda xabar bergan edik.

21 yoshli futbolchi BATE safiga ikkinchi transfer oynasi vaqtida (15-28 sentyabr) ko'chib o'tishi mumkin. Shunday bo'lsa Umarov klub safida Yevropa ligasining yangi mavsumida ishtirok etadi. Agar BATE bu opciyani faollashtirmasa hamyurtimiz yangi klubi safiga 1 yanvar kuni qo'shiladi. Bu haqda BATE klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Shohboz Umarov 1999 yil 9 mart kuni Bo'ka shahrida tug'ilgan. "Paxtakor" klubi maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi - Ruslan Alimovich Gamadeev. Bu mavsum Umarov "Energetik-BGU" safida hozirga qadar 17ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urdi.

Ma'lumot uchun, BATE klubi 1996 yil tashkil topgan va 15 karra mamlakat chempioni, 4 marta mamlakat kubogi sohibi va 7 marta Belarus Superkubogi sohibi bo'lgan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia