

Unga ko'ra saralash bahslari 2022 yilning 8-14 iyun kunlari oralig'ida markazlashgan holda o'tkaziladi. Har bir guruhdan 4tadan jamoa o'rin egallaydi va 3ta tur o'tkaziladi.
Har bir saralash guruhi mezbonligini olish uchun OFK a'zo mamlakatlarga xat yuboradi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekiston U-23 Osiyo chempionatini qabul qiladi. Agar Osiyo Kubogi-2023 saralashini ham qabul qilsak bir vaqtning o'zida ikkita xalqaro musobaqa yurtimizda o'tadi.
Oldinroq saralashda ishtirok etadigan barcha 24ta jamoa nomi ma'lum bo'lgan edi.



