Rasmiy xabar: MYU Kris Smollingni sotib yubordi

Mirjalol Normatov
6 okt 2020, 00:56
"Roma" Kris Smollingning transferini e'lon qildi.

Rimliklar transfer oynasi yopiladigan kunda mankunianliklar so'rayotgan 15 mln evroni to'lashga tayyorligini bildirgan va futbolchi Rimga yetib borib, 3 yillik shartnomaga imzo chekkan.

30 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Roma" tarkibida ijara asosida 30 o'yinda qatnashib, 3 gol urgandi. 

Smolling 2010 yili "Fulxem"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. "Qizil iblislar" tarkibida u 2 marta APL chempioni bo'ldi, bir martadan Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Yevropa ligasi, klublar o'rtasidagi JCH sovrinini qo'lga kiritdi. Shuningdek, 4 marta Angliya Superkubogiga ham ega chiqqan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal