Rasmiy xabar. Marko Obradovich "Neftchi" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2021
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Toshkent shahrida yangi futbol mavsumiga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan "Neftchi" jamoasi o'quv-yig'in jarayonida ko'rikka taklif etilgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda.

Bugun jamoa ko'rigida bo'lib turgan va murabbiylar shtabida iliq taassurotlar uyg'otgan tajribali va mohir serbiyalik hujumchi Marko Obradovich bilan o'zaro kelishuvga erishildi. Unga ko'ra, futbolchi joriy mavsum oxirigacha "Neftchi" PFK jamoasi sharafini himoya qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Нефтчи" ПФК матбуот хизмати