

Tibbiy ko'rikdan keyin tomonlar shartnoma imzolaydi. "Paxtakor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi 2020 yilda Belarusning "Energetik-BGU", keyinchalik "Shaxtyor" jamoalari tarkibida o'ynagandi. Yil boshida "Legiya"ga ko'chib o'tgan futbolchi jamoa tarkibida birorta o'yinda maydonga tushmadi.
Qayd etish kerak, "Sherif" Moldova tarixida ilk marta YCHL guruh bosqichiga yo'llanma oldi va birinchi urinishdayoq "o'lim" guruhidan o'rin oldi.
Jamoa YCHLda Doneckning "Shaxtyor", Madridning "Real"i va Milanning "Inter"iga qarshi bahs olib boradi.
Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, "Legiya" uzoq vaqt jarohatini tiklash bilan band bo'lgan futbolchini aynan CHL oldidan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan "Sherif"ga 6 oyga ijaraga berdi. Bundan tashqari, Polsha klubi hamyurtimizda ko'proq o'yin amaliyoti bo'lishini istadi.



