Rasmiy xabar: Hasan Ro'ziev penalti belgilamagani uchun Superliga uchrashuvlaridan chetlatildi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2018
Superliga 21-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan "Metallurg" – "Qizilqum" o'yini 2:1 hisobida yakunlanganidan xabaringiz bor.

Mazkur uchrashuvni boshqarib borgan hakam – Hasan Ro'ziev o'yin davomida bir qator qo'pol xatolarga yo'l qo'ygani ma'lum bo'ldi. O'FA hakamlar qo'mitasi hamda ekspertlar guruhining tasdiqlashiga ko'ra, mazkur uchrashuvning 35-daqiqasida bosh hakam “Metallurg” jamoasi darvozasi tomon penalti belgilanishi lozim bo'lgan vaziyatda 11 metrli jarima zarbasi belgilamadi. Bu esa yakunda natijaga o'z ta’sirini o'tkazdi.

Shu sababdan Hasan Ro'ziev oktyabr oyiga qadar Superliga uchrashuvlarida faoliyat olib borishdan chetlatildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz