Rasmiy xabar: “Ayaks” futbolchisi “Manchester Yunayted”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
2 sen 2020
Amsterdamliklar yarim himoyachisi Donni van de Bek “Manchester Yunayted” a'zosiga aylandi.

Uning transfer summasi 45 mln evroga baholanmoqda. Kelishuv esa 5+1 ko'rinishida, yani, bir yilga uzaytirish sharti bilan besh yilga mo'ljallangan.

Avvalroq, 23 yoshli futbolchi yangi jamoasida mavsum uchun 6 mln evro maosh olishi xabar qilingandi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 7ta assist qayd etdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd