Rasmiy xabar: "Andijon" Qirg'izistonning tarixiy golini urgan futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2019
Superligaga chiqqan "Andijon" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Yaqinda yakuniga etgan Osiyo Kubogida sensacion o'yin namoyish etgan Qirg'iziston milliy terma jamoasi a'zosi Ahlidin Isroilov "Andijon" jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "Andijon" klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o'tamiz, Isroilov 7 yanvar kuni Qirg'iziston - Xitoy uchrashuvida hisobni ochgandi. Ushbu gol Qirg'iziston uchun Osiyo Kubogidagi tarixiy birinchi gol bo'lgan edi. 


Bilasizmi? Qirg'izistonning tarixiy golini urgan futbolchining klubi yo'q





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia